Shu sabab mehribonlik uyiga kamida 5 nafar bolani asrab olaman, degan niyatda bordim. Avvaliga 2 qiz va 3 o‘g‘il bolani beradigan bo‘lishdi. Keyin esa “Sizga 5 nafar o‘g‘il bolani bersak-chi?” deb so‘rashdi. Bu biz uchun ayni muddao edi. Yo‘qotgan o‘g‘limizning o‘rniga besh nafar azamatni bag‘rimizga oldik.